"Zumrad va Qimmat" etagidan parcha - 121-maktab

Kitob - bilim manbayi

Kitob o'qing,orzularingizga yetasiz!

Aziz bolajon! Kelajakda ota-onangizning orzularini ro'yobga chiqarmoqchimisiz? Barcha narsaga ega katta odam bo'lmoqchimisiz? Baxtli hayot kechirmoqchimisiz? Unda ko'proq kitob o'qishga odatlaning.

Kitob tafakkur qanoti, aql chirog'i va qayrog'i, baxt kaliti, eng sodiq va foydali hamrohdir.

 Shundan xulosa chiqargan 121-maktabning kitobxon bolajonlari tinmay kitob o‘qib, sahnalashtirishga odatlangan. Bugungi " Kitobxonsevarlar klubi" a‘zolarining navbatdagi tadbirida yosh kitobxonlar o‘zlari sevib mutolaa qilgan " Zumrad va Qimmat " ertagidan parcha qo‘yib, o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.


Oct. 20, 2025, 12:09 p.m.