Zulfiyaning tavallud kuni
#Tavallud kun
Zulfiya Isroilova — „Zulfiya“ nomi bilan tanilgan oʻzbekistonlik shoira jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi 1915 - yil 1 - martda tavallud topgan. Oʻzbekiston xalq shoirasi va Sotsialistik Mehnat Qahramoni . "Do‘stlik" ordeni sohibasi
Uning ilk sheʼri 1931-yilda „Ishchi“ gazetasida chiqa bosilgan. Dastlab 1932 yil „Hayot varaqalari“ sheʼrlar toʻplami nashr etilgan. Shundan keyin uning „Temiroy“ (1934), „Sheʼrlar“, „Qizlar qoʻshigʻi“ (1939) sheʼriy kitoblari eʼlon qilingan. Zulfiya sheʼriy ijodining porlashi „Uni Farhod der edilar“ (1943), „Hijron kunlarida“ (1944) va „Hulkar“ (1947) toʻplamlari bilan bogʻliq. Ayniqsa, Hamid Olimjonning bevaqt vafotidan keyin (1944) yozilgan, ruhiy silsilalar va qalb iztiroblari bilan toʻla sheʼrlar Zulfiya ijodida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlganidan darak beradi. U shaxsiy fojiasi tasviri orqali Ikkinchi jahon urushidan katta talafot va yoʻqotishlar bilan chiqqan xalqning dard va alamlarini ifodaladi.
Shoira 1996 -yil 1 - avgustda vafot etgan.
March 4, 2025, 5:49 a.m.