Zulfiya tavalludiga bag‘ishlab davra suhbati
Mehr-muhabbat va sadoqat timsoli
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tavallud kuniga bag‘ishlab “Mehr-muhabbat va sadoqat timsoli” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida AKM xodimlari tomonidan Zulfiyaning ijodiy merosi haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi. Uning she’riyati insoniy tuyg‘ular, muhabbat va sadoqat timsoli ekani ta’kidlandi. Shuningdek, 108-umumta‘lim maktabi kitobxonlari Zulfiyaning she’rlarini o‘qib, yig‘ilganlarga iliq kayfiyat ulashdi. Mazkur davra suhbati ishtirokchilarda milliy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi hamda Zulfiya ijodining betakrorligi va dolzarbligini yana bir bor yodga soldi.
March 4, 2025, 6:17 a.m.