Yosh kitobxon oila - 22.08.2025
Mamlakatimiz Prezidentining besh muhim tashabbusi doirasida yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy- intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, kitobxonlikni mamlakatimiz boʼylab koʼnikmaga aylantirish, joylarda adabiy muhit yaratish maqsadida “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovini e’lon qilingandi.
Millionlab kitobxonlarni birlashtirgan "Yosh kitobxon"ning uzviy davomi sifatida ziyoli, yosh oilalar qatlamini rivojlantirishga xizmat qildi.
Urgut tumani Do'stlik mahallasidagi axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan ushbu tanlovning tuman bosqichi Urgut tuman Yoshlar ishlari bo'limi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Urgut tumani bo‘linmasi va tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamkorligida tashkil etildi. Tanlov test ishlash orqali bo'lib o'tdi. Yuqori natijani qoʻlga kiritgan Yarashovlar oilasi viloyat bosqichiga ishtirok etish uchun yoʻllanmani qo‘lga kiritdi. 2-3- oʻrin sohiblari ham diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Aug. 27, 2025, 9:14 a.m.