"Vatan tinchligi — mard o‘g‘lonlar qo‘lida" - 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonda yurtimiz himoyasi yo‘lida xizmat qilayotgan jasur harbiylarimizni e’zozlash, ularning sharafli mehnatini qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu sana — mustaqilligimiz, tinchligimiz va farovonligimizni asrab-avaylash yo‘lida jonbozlik ko‘rsatayotgan barcha himoyachilarga hurmat va e’tirof ifodasidir.
Har bir harbiy xizmatchining matonati, sadoqati va mas’uliyati – tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam poydevoridir. Ular yurtni asrashda sabr, iroda va fidoyilik namunalarini ko‘rsatib kelmoqda.
Shu munosabat bilan Axborot-kutubxona markazida "Vatan tinchligi-mard o‘g‘lonlar qo‘lida" nomli kitob va rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.


Jan. 14, 2026, 10:49 a.m.