Uyg'unning tavallud kuni munosabati bilan davra suhbati o'tkazildi

Tavallud kun

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida Uygʻun hayoti va ijodiga bag'ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Kitobxonlar tomonidan Uyg‘un  (taxallusi, asl ism-sharifi Rahmatulla Otaqoʻziyev) (1905.14.5, Jambul viloyati Marki qishlogʻi —1990.22.4, Toshkent) – shoir va dramaturg,Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi ekanligi aytib o‘tildi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining aʼzosi , Mehnat Qahramoni , Samarqanddagi pedagogika akademiyada tahsil koʻrganligi ,Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri, „Qurilish“ jurnalda masʼul kotib , Madaniy qurilish hamda Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, sektor mudiri sifatida ishlagan. Uning Hamza nomidagi drama teatrida repertuar boʻyicha badiiy rahbar oʻrinbosari, „Sharq yulduzi“ jurnalda boʻlim mudiri , Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi oʻrinbosari, raisi vazifasida faoliyat yuritgan. Uning “Alisher Navoiy”asari (Izzat Sulton bilan hammualliflikda) o‘zbek sovet dramaturgiyasining oltin fondiga kirdi.


May 20, 2025, 5:35 p.m.