URGUTLIK JURNALIST RUSTAM JABBOROV 45 YOSHDA

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida urgutlik jurnalist,yozuvchi Rustam Jabborovning tavallud kuni nishonlandi.Rustam Jabborovning 1979 yil 27- dekabrda Urgut tumanida tug‘ilganligi, 2003 yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlaganligi,  2021 yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi,ayni damda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom svilizatsiyasi markazida ilmiy kotib bo‘lib ishlayotgani haqida aytilib, uning bir qancha kitoblari chop etilganligi kitobxonlar tomonidan ta‘kidlab o‘tildi. Jumladan, " Vijdon"," Mahalla -Vatan ichra Vatan", " Sirli olam sinoatlari"," Xiyonat chorrahasi"," Oyning o‘n beshi"," Qirq birinchi tugun"," Bir tanu ikki jon" ,"Jaholat asirasi " va boshqa bir qancha asarlari haqida fikr bildirildi. Tadbir barcha kitobxonlarga katta taassurot qoldirdi.


Jan. 6, 2025, 5:12 p.m.