Urgutda "Yoshlar va qonun" huquqiy tanlovi bo'lib o'tdi

Urgutda "Yoshlar va qonun" huquqiy tanlovi bo'lib o'tdi.

Bir necha yillardan buyon mamlakatimizda yoshlarning huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan yaqindan tanishtirish maqsadida “Yoshlar va qonun” koʻrik-tanlovi tashkil qilinib kelinmoqda.

22-iyul kuni Urgut tumanidagi Axborot-kutubxona markazida   Yoshlar ishlari Urgut tuman bo'limi, tuman Adliya bo'limi va tuman Axborot- kutubxona markazi hamkorligida 

“Yoshlar va qonun" huquqiy tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

Tanlovda 14-18 yosh toifasida g'oliblikni Yangiobod  mahallasi yoshlar jamoasi 1-o‘rin va 18-30 yosh toifasida Mo'g'ol mahallasi yoshlar jamoasi 1-o‘rinni qo'lga kiritib, keyingi bosqichga ishtirok etish uchun yo'llanma oldi.


July 23, 2025, 8:32 p.m.