Urgut tumanida “Eng yaxshi kitobxon xodim” tanlovi o‘tkazildi.

Mahalliy hokimliklarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va xodimlar o‘rtasida badiiy-adabiy merosni targ‘ib qilish maqsadida Samarqand viloyati hokimligi tomonidan e’lon qilingan “Eng boy kutubxonaga ega mahalliy hokimlik” hamda “Eng yaxshi kitobxon xodim” yo‘nalishlaridagi ko‘rik-tanlovlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.
Bugun Urgut  tuman axborot-kutubxona markazida  mazkur tanlovning “Eng yaxshi kitobxon xodim” yo‘nalishi bo'yicha tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar buyuk alloma va adiblar ijodidan tanlab olingan 5 ta asarni o‘qiganliklari va ular bo‘yicha bilimlari yuzasidan baholanishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning o‘qigan kitoblari bo‘yicha savol-javoblar,muhokamalar va taqdimotlar o‘tkazilib, eng faol kitobxonlar aniqlandi.
Ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi g‘oliblari yakuniy natijaga ko‘ra viloyat bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.


Dec. 15, 2025, 10:44 a.m.