Urgut tuman axborot-kutubxona markazida Zulfiya Mo‘minovaning tavallud kuni nishonlandi

Tavallud kun

Zulfiya Mardanovna Mo‘minova 

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida Zulfiya Mo‘minovaning tavallud kuni nishonlandi.

Mo‘minova Zulfiya 1959 yilda Samarqand viloyatining Narpay tumanida tug‘ilgan.1966 -1976 yillarda o‘rta maktabda, so'ng pedagogika kollejida , shundan so‘ng Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetni tamomlagan.1980 yillarda  adabiyotiga kirib kelgan. “Vatan tashlab ketmaydi”, “Beshiklarni asragin dunyo”, “Yonayotgan ayol” , “Istiqlol oltin gulim” , “Samoga sochilgan yulduzlar”, “Qudratli yurtimga”, “Nikoh shartnomasi” , “Birinchi o‘qituvchim”, “Ayolga baxt bering” , “Bir kun dars qoldirgan bir umr pushaymondir”  kitoblar muallifi.“Saodat” jurnalida, “Sport” gazetasida bo‘lim boshlig‘i, Sergeli tumani hokimiyatida, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasida mas’ul lavozimlarda ishlab kelgan.2007 yildan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Ta’lim muammolari” jurnali bosh muharriri lavozimida ishlagan.“Do‘stlik” ordeni, “Mustaqillikning 10 yilligi va 20 yilligi” nishonlari sohibasi.


July 16, 2025, 1:38 p.m.