Urgut tuman axborot-kutubxona markazida Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatovning tavallud topgan kun munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatovning tavallud  topgan kun munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Unda abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish mutaxassisi Namozova Mohigul yig‘ilganlarga  yozuvchining hayoti va ijodi ,uning bosib o‘tgan yo‘llari ,yozib qoldirgan asarlari haqida gapirib  o‘tdi.                       Tadbirning maqsadi — kitobxonlar orasida badiiy asarlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish,  adabiyotimiz durdonalarini chuqur o‘rganish hamda yosh avlod qalbida tarixiy xotira va  g‘ururni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Ishtirokchilar Chingiz Aytmatovning o‘ziga xos badiiy uslubi, qahramonlar xarakteri hamda asarlarining o‘quvchi qalbiga ta’sirchanlik darajasi yuzasidan tahliliy mulohazalar yuritdilar.


Dec. 15, 2025, 10:33 a.m.