Urgut tuman axborot-kutubxona markazida Qayroqli mahallasi fuqarosi, faol kitobxon Muhammadiyev Rajabboy aka ishtirokida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida davra suhbati tashkil qilindi.

Kitobxonlar klubi 
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida Qayroqli mahallasi fuqarosi, faol kitobxon Muhammadiyev Rajabboy aka ishtirokida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar va keng jamoatchilik o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish, kitobning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
Davra suhbati davomida Rajabboy aka o‘zining ko‘p yillik kitobxonlik tajribasi, o‘qigan badiiy va tarixiy asarlaridan olgan taassurotlari, kitobning shaxs kamolotiga ko‘rsatgan ta’siri haqida qiziqarli fikrlar bildirdi. Shuningdek, u yoshlarni ilm o‘rganishga, vaqtni mazmunli o‘tkazishga va kitobni doimiy hayotiy do‘st sifatida qadrlashga chaqirdi.
Davra suhbati samimiy ruhda o‘tdi va kitobxonlikni yanada ommalashtirishga xizmat qiluvchi muhim tashabbus sifatida qadrlanib, ishtirokchilarda yuqori taassurot qoldirdi.


Nov. 21, 2025, 9:27 a.m.