Urgut tuman axborot-kutubxona markazida Kitobsevarlar klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida Kitobsevarlar klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir nihoyatda samimiy va ma’rifiy ruhda tashkil etildi. Ushbu galgi uchrashuv 122-maktabning 8-sinf o‘quvchisi, iqtidorli qalamkash Charos Bo‘riboyevaning "Qalbim tomchilari "nomli ilk kitobi taqdimotiga bag‘ishlandi.
Taqdimot davomida yosh muallif o‘z kitobini yaratish jarayoni, uni yozishga undagan motivlar va ilhom manbalari haqida so‘zlab berdi. U o‘z tengdoshlarini ham kitob o‘qishga, ijod qilishga, fikrini dadil ifoda etishga chorlab, adabiyotning inson hayotidagi o‘rni haqida o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir ishtirokchilari — o‘quvchilar, ustozlar va kitobsevarlar — Charosning ijodiy intilishlarini katta qiziqish bilan tinglashdi. Yakunda esa kutubxona fondiga muallifning kitobi sovg‘a qilindi va barchaga esdalik suratga tushish imkoniyati yaratildi.
Ushbu taqdimot nafaqat yosh ijodkor uchun muhim voqea, balki barchaga ruhiy oziqa sifatida esga qoldi.
Dec. 15, 2025, 10:30 a.m.