Unutmaymiz sizni hech qachon

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida 31-maktab kitobxonlari bilan hamkorlikda Urgutlik jurnalist Fayzi Haydarovni xotirlab davra suhbati boʻlib o‘tdi.
Fayzi Haydarov 1943 yil 6 fevralda tumanimizdagi Bahrin qishlog‘ida tug‘ilgan.  1969 yilda Toshkent Davlat pedagogika institutida tahsil oldi.Jurnalist 30 yil muharrirlik qilgan qadrdon gazeta “Urgut sadosi” ( “Oktyabr alangasi”) gazetasi hisoblanadi.
U o‘z faoliyati davomida dolzarb maqola va ocherklar, hikoyalar yozgan. Bir qator she’riy to‘plamlari nashrdan chiqqan. Bugungi kunda respublika, viloyat, tumanda yashab, ijod qilayotgan ko‘pchilik jurnalist va shoirlarga, ijod ahliga ustozlik qildi.
Qissa va hikoyalari muntazam ravishda respublika, viloyat gazetalarida chop etildi.
 F. Haydarovning mashaqqatli va uzoq yillik mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. 
Viloyat, tuman hokimliklari tomonidan faxriy yorliq, diplom, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
2002 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.


Feb. 7, 2025, 7:03 p.m.