"Ulug‘bek xazinasi" kitobi taqdimotini o‘tkazdi
Kitob targ‘boti
📚Urgut tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari "Kitobsevarlar“ klubi a‘zolari bilan hamkorlikda
📖 "Ulug‘bek xazinasi" kitobi taqdimotini o‘tkazdi. Kitob taqdimoti bir guruh kitobxonlar tomonidan tashkil etildi.Ulugʻbek xazinasi" – oʻzbek yozuvchisi Odil Yoqubov qalamiga mansub roman. Asarda temuriylar hukmronligi va olim Mirzo Ulugʻbek shaxsiy hayoti, fojiaviy qismati, shogirdi Ali Qushchi hamda Qalandar Qarnoqiy qay tarzda Mirzo Ulugʻbek kitoblarini saqlab qolishgani kabi voqealar yoritilganligi aytib o‘tildi. Kitobxonlar asar Yoqubovning eng sara asari hamda oʻzbek adabiyotidagi eng muhim romanlarning biri hisoblanadi deya tushuncha berib, kitobxonlarni ushbu kitobni mutolaa qilishga chaqirdilar.
July 9, 2025, 4:38 p.m.