Turkmanlarning ma'naviy dunyosi
#Mutolaa_zavqi
Insoniyat tarixni ulkan koʻzguga mengzaydi, tarixiy voqea-hodisalar, ayniqsa, o'tgan ota-bobolarning tajribalaridan ibrat olinadi. Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning ushbu asarida turkman milliy udumlari, qadimdan yashab kelayot gan urf-odatlari, davlatchilikka doir qonun-qoidalar va an'analar to'g'risida fikr yuritiladi. Kitob o'ziga xos uslubda yozilgan boʻlib, muallif fikrlarini xalq hikmatlari, shuningdek, sharq xalqlari va turkman xalq og'zaki ijodi orqali asrlardan asrlarga o'tib, yashab kelayotgan ibratli hikoyat va rivoyatlar bilan birga bayon qiladi. Bunda turkman xalqining ma'naviy dunyosiga mansub juda ko'p tarixiy va hayotiy misollar keltirilgan.
Kitob keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan.
March 7, 2025, 9:44 a.m.