Togʻay Murodning tavallud kuni

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar bilan hamkorlikda Togʻay Murodning tavallud kuni nishonlandi.Togʻay Murod (Mengnorov Togʻaymurod) 1948-yil 3-fevralda Surxondaryo viloyatining Denov tumaniga qarashli Xoʻjasoat qishlogʻida tugʻilganligi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1999). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatganligi ta‘kidlab o‘tildi. 
Birinchi yirik qissasi – “Yulduzlar mangu yonadi” (1976). “Ot kishnagan oqshom” (1979), “Oydinda yurgan odamlar” (1980), “Momo Yer qoʻshigʻi” (1985) kabi qissalari nashr etilgan. “Otamdan qolgan dalalar” (1993, ushbu asar asosida badiiy film yaratilgan, 2001), “Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi” (2001) romanlari muallifi. Jek Londonning “Boyning qizi” dramasi va hikoyalarini, E.Seton-Tompsonning “Yovvoyi yoʻrgʻa” qissasini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Yozuvchi Tog‘ay Murodning  2003-yil 27-mayda Toshkent shahrida vafot etganligi, Abdulla Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati bo‘lganligi haqida kitobxonlar o‘z fikrlarini bildirdi.


Feb. 4, 2025, 10:15 p.m.