Taniqli adib, publitsist va jamoat arbobi Xurshid Do‘stmuhammad tavallud kuni munosabati bilan davra suhbati

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida taniqli adib, publitsist va jamoat arbobi Xurshid Do‘stmuhammad tavallud kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda markaz xodimlari, yosh kitobxonlar hamda ijodkor yoshlar ishtirok etdilar.
Davra suhbati davomida Xurshid Do‘stmuhammadning hayoti va ijod yo‘li, o‘zbek adabiyotidagi o‘rni, uning asarlarida ko‘tarilgan dolzarb ijtimoiy-madaniy masalalar haqida atroflicha fikr yuritildi. Adibning hikoya va publitsistik asarlarida milliy o‘zlik, vatanparvarlik, inson qalbi va jamiyat muammolari chuqur va ta’sirchan yoritilgani ta’kidlandi.
Tadbir davomida yozuvchining asarlaridan parchalar o‘qildi, ular yuzasidan ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.


Jan. 10, 2026, 1:11 p.m.