Sherlarimda bitdim so'zlarim

Sherlarimda bitdim sõzlarim 📝

Yuragimda nola-yu alam.

Õrtanaman vujudim tikla.

Ovunay deb olarman qalam

Xatto sõzlar kelmayi tilga.

 

Sõzda emas kõzda nolam bor.

Menga alam qayĝularim yor.

Yurak faqat shirin sõzga zor.

Sherlarimda bitdim sõzlarim

 

Meni soxta quvontirar kun.

Yana xayollarga tortar tun

Oyga qarab turarman masum.

Sherlarimda bitdim sõzlarim.

 

Nega xomush ey qora kõzim.

Tilda emas qoĝozda sõzim.

Tushunmasman õzimga õzim.

Sherlarimda bitdim sõzlarim.

 

Xayollarim yuragim ezar.

Kõngilginam nelarni sezar.

Tun baĝrida bir Charos kezar.

Sherlarimda bitdim sõzlarim.

 

🌸 Yosh kitobxon Charos Toxirovna


July 12, 2025, 10:48 p.m.