SamDU Urgut filialida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, sevimli shoira Dilorom Ismoilovaning 60 yilligi munosabati bilan “Vatanni jonimdek asragin” nomli adabiy-badiiy kecha tashkil etildi

“Vatanni jonimdek asragin” nomli adabiy-badiiy kecha.

SamDU Urgut filialida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, sevimli shoira 

Dilorom Ismoilovaning 60 yilligi munosabati bilan “Vatanni jonimdek asragin”

 nomli adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Tadbir davomida shoira ijodidan namunalar o‘qildi, Vatan va milliy qadriyatlarni madh etuvchi she’rlar, talabalarning badiiy chiqishlari orqali tomoshabinlarga yetkazildi. 

Tadbirda Urgut tuman hokimining o‘rinbosari Muhiddin Xoliqov, filial direktori v.v.b Shavkat Berdiyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand bo‘limi rahbari Toshpo‘lat Tugalov, ijodkorlar hamda tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirok etib, shoira hayoti va ijodiy faoliyati, uning adabiyot rivojiga qo‘shgan hissasi haqida iliq fikr-mulohazalar bildirishdi. Ular yoshlar qalbida kitob va adabiyotga mehr uyg‘otishda bunday tadbirlarning ahamiyatini alohida ta’kidladi.


Oct. 7, 2025, 11:54 a.m.