SamDU Urgut filialida "Kitobxonlik haftaligi" doirasida
#Kitobxonlik_haftaligi
#O'zbekiston_kitobxonlar_yurti
Urgut tuman axborot -kutubxona markazi hamkorligida SamDU Urgut filialida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida sevimli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🟡Mazkur uchrashuvda, xalqimizning sevimli yozuvchi va shoirlari Zulfiya Mo‘minova, Salim Ashur, Aziz Said, “Zarafshon” gazetasining bosh muxarriri Farmon Toshev hamda tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti Akbar Asrorovlar ishtirok etib, xalqimizning noyob abadiy-badiiy merosi bo‘lgan kitobxonlikni targ‘ib qilish, bugungi kunda yosh avlodga ulkan ma'naviy kuch bera olishi haqida iliq fikrlar bildirildi.
🗣Shuningdek, tadbirda so‘z olganlar tomonidan yoshlar qalbida adabiyotga , ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish muhim masala ekanligi aytib o‘tildi. Qizg‘in va samimiy suhbatlar go‘zal mushoiralarga ulanib, ijodkorlar o‘zlarining ijod namunalaridan Vatanga muhabbat, insoniy tuyg‘ular aks etgan she’rlaridan namunalar o‘qidilar.
April 26, 2025, 12:48 p.m.