Said Ahmadning "Qorako'z majnun" hikoyasi

Urgut tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari " Kitobsevarlar“ klubi a‘zolari bilan kitob targ‘iboti o‘tkazdi. Kitob targ‘iboti aboniment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish boʻlimi mutaxasisi Mohichehra Safoyeva tomonidan tashkil etildi. Targ‘ibot O’zbekiston 

xalq yozuvchisi, O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad tavallud topgan kun munosabati bilan tashkil etildi.Said Ahmadning"Qorako‘z majnun" hikoyasi yakunida har qanday kitobxonning ko‘ziga yosh keltira oladigan darajadagi ta'sirli hikoya deyishimiz mumkin deb ta‘kidladi kitobxon.Asar so‘nggidagi Qorako‘zning holati va o‘limi esa tom ma'noda hikoyaning kulminatsion nuqtasi desak bo'ladi. Saodat ayaning obrazida biz dunyodagi barcha mushtipar onalarning timsolini ko‘rishimiz mumkin. Olis o‘lkada qolib ketgan o‘g‘lini ham, kasalxonada yotganda qo‘ni-qo‘shnining qistovi bilan zo‘rg‘a xabar olgan boshqa farzandlarini ham birdek duo qiluvchi onani bilishimiz mumkin deya e'tirof etildi. Tashrif buyurgan kitobxonlar uchun taqdimot esda qolarli boldi.


June 13, 2025, 7:19 p.m.