Rabboniylikni anglash va rahmoniy fayzni qozonish

Kitob taqdimoti 

📚Urgut tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda kitobxonlar ishtirokida" Chubin " masjidi imomi To‘lqin Iyso o‘g‘lining tarjimasi asosida tayyorlangan Muhiddin Abu Muhammad Abdulqodir Jiyloniyning "Rabboniylikni anglash va rahmoniy fayzni qozonish" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu sizga taqdim etilayotgan kitob, elimizda G‘avsul Aʼzam nomi bilan mashhur bo‘lgan Abdulqodir Jiyloniy hazratlarining islom olamidagi taniqli asarlaridandir. U oltmish sakkizta Majlisdan iborat bo‘lib, hozircha elliktasi hukmingizga havola etilmoqda. Ushbu kitobni o‘qib, zarracha manfaat, ilm, ruhoniy yuksalish topasiz degan umiddamiz deb ta‘kidlab o‘tdi To‘lqin Iyso o‘g‘li va ushbu kitobni barcha kitobxonlarga o‘qish uchun tavsiya etdi.Muallif tomonidan o‘n dona ushbu nomdagi kitoblar kutubxona fondiga taqdim etildi.


March 13, 2025, 7:28 p.m.