"Qiziqarli kutubxona"
🏛 Urgut tuman axborot-kutubxona markazida tumandagi Barkamol avlod ijodiyot markazi xodimlari hamda to'garak a‘zolari bilan "Qiziqarli kutubxonada" nomli ekskursiya tashkil etildi.
💁♂️Mutaxassislar kutubxonadagi sharoitlar,yangi kelgan kitoblar haqida qiziqarli ma'lumotlar taqdim etdilar. Ekskursiya davomida Barkamol avlod ijodiyot markazi to‘garak a‘zolari o'z savollariga javoblar olib, kutubxona faoliyati haqida o'z fikrlarini bildirdilar.
Jan. 20, 2025, 8:10 p.m.