O'zbekiston tarixi va manbalari

#Bibliografik_sharh

Ko'p jildlik «O'zbekiston tarixi va manbalari» turkumida nashr qilinayotgan jamlanmaning qo'lingizdagi birinchi jildida O'zbekiston deb atalmish yurtimiz tarixining eng qadimgi davrlaridan hozirgacha bosib o'tilgan yo'l, xalq turmushi, madaniyati, ilm-fani, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti real va qisqa fakt raqamlar, yuz bergan va sodir etilgan voqeliklar yoritildi. Kitobda ilk bor eski mustamlaka tuzumidan qolgan va xorijda eski maktablar ta'siri ostida shakllangan dunyoqarashdan voz kechilgan holda O'zbekiston tarixi obyektiv tarzda, yangicha yondashuv, milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda qisqacha bayon etildi. Eng muhimi, ushbu asar yaqin 'tmishda tarix fani konsepsiyasiga zo'rlik bilan singdirilgan va hali ham o'z salbiy ta'sirini aqlab qolayotgan formatsiyaviy qarashlardan xoli bo'lib, o'tmishni o'rganish va yoritishda utunlay yangicha munosabat sivilizatsiyaviy-sulolaviy yondashuv asosida yozilgani bilan ralib turadi.

Kitob keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.


May 13, 2025, 5:16 p.m.