O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun - 54 - maktab hamda Qalqon jasorat maktabi o'quvchilari

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
 Urgut tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan tizim ishchi-xodimlari va kitobxonlar o‘rtasida yurtga muhabbat, sadoqat va fuqarolik mas’uliyatini yanada mustahkamlash maqsadida “Ol bayrog‘ingni, qalbing uyg‘onsin!” mavzusida keng ko‘lamli targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida Davlat bayrog‘ining yaratilish tarixi, uning ramziy ma’nosi, undagi ranglar va belgilar orqali ifodalangan milliy g‘oya hamda mustaqillik qadriyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 
Shuningdek, tadbir jarayonida tumandagi 54-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi hamda Qalqon jasorat maktabi o‘quvchilari bilan hamkorlikda vatanparvarlik ruhini oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Bu esa ularning qalbida faxr, g‘urur va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.


Nov. 19, 2025, 11:18 a.m.