O‘zbek adabiyoti ravnaqiga o‘z ulushini qo‘shgan adib
Tuman axborot-kutubxona markazida G‘ayratiy tavallud kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. G‘ayratiy—Abdurahim Abdulla o‘g‘li 1902 yil 15 fevralda Toshkentning Degrez mahallasida hunarmand oilasida dunyoga keldi.
1929—1931 yillarda O‘zbekiston Davlat nashriyotida muharrir va bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlaydi. Uning birinchi she’riy to‘plami 1927 yilda «Erk tovushi» nomi bilan nashr etiladi. 1928 yilda «Yashash taronalari» she’riy to‘plami, «She’rim», «Shoir», «Tanburchi qizga», «Mening tuyg‘ularim» , shundan so‘ng adibning «Hashar» , «Qora yuraklar» , «Oshiq hukmi» , «Onamga xat» , «Tanlangan asarlar» , «Shikasta» , «Mahkam» , «Sevgi» , «Oltin yoshlik» , «Hikoyalar» ,«G‘urbatda Furqat», «Shoir», «O‘lmas qo‘shiq» kabi kitoblarini chop ettirdi. «Tepalik mozor» , «Hilola», «Sababi — tiriklik» «Maxsum qochdi» kabi hajviy hikoyalar ham yaratdi.
1972 yilda G‘ayratiyga O‘zbekiston xalq shoiri unvoni berilgan. U 1976 yil 17 yanvarda vafot etgan.
Feb. 5, 2025, 10:39 p.m.