O'qidim, endi sizga tavsiya etaman

#O‘qidim, endi sizga tavsiya etaman

#dolzarb_90_kun

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida so‘nggi 90 kun mobaynida kutubxonada amalga oshirilgan tashriflar muntazam ravishda tashkil etilib, o‘quvchilar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, badiiy adabiyotga qiziqish uyg‘otish va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishga alohida e’tibor qaratiladi.  

Yozgi ta‘til vaqtida umumta’lim maktab o‘quvchilari, talabalar hamda mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan rejaga asosan axborot-kutubxona markazida " Kutilmagan mehmon" loyihasi asosida kitobxon oilalar tashrif buyurmoqda.Bugungi mehmonlarimiz Madina , Farangiz, Magdibek va Mustafolar bo‘lib, o‘zlari o‘qigan kitoblardan she’rlar hamda ertaklar aytib berib barcha kitobxonlarni xushnud etdilar.Bobojoni bilan tashrif buyurgan bolajonlar uchun ushbu kun esda qolarli bo‘ldi.


June 9, 2025, 6:45 p.m.