"Ona lochin vidosi" - Pirimqul Qodirov
"Ona lochin vidosi "
Pirimqul Qodirov
Qahramonning ona lochin deb atalishi bejiz emas.Kitobni o‘qish jarayonida uning Temuriylar saltanatida yorqin iz qoldirgan,ma'naviy dunyosi boy,aql zakovatda zamonning eng peshqadam ayollaridan biri bo‘lganiga ishonch xosil qilamiz.Zarur chogplarda qattiqo‘l,lekin vujudi ipakdek mayin va mehribon Gavharshodbegimning Temuriyzodlarini tarbiyalash,navqiron iste'dodlarni kashf etish,ularni mehr muruvvat bilan onslarcha parvarishlash singari fazilatlari,ayniqsa Mirzo Ulug‘bek Husayn Bayqaro va Alisher Navoiy bilan bo‘lgan munosobatlarida yorqin gavdalantiriladi.
"Ona lochin vidosi" Gavharshodbegim obrazi badiiy adabiyotda bu qadar keng va atroflicha gavdalantirilgan dastlabki asardir.
March 4, 2025, 6:22 a.m.