Omon Muxtor tavalludining 84 yilligi
XOTIRA
Tavallud kun
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida Buxorolik Muxtorov Omon Sulaymonovichning adabiy tahallusi — Omon Muxtorning 84 yilligi tavallud kuni munosabati bilan xotirlash maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Shoir va yozuvchi Omon Muxtor 1941 yil Buxoroda tug‘ilgan.U nashriyotlarda, televideniyada,“O‘zbekfilm” kinostudiyasida , “Sharq yulduzi” jurnalida bosh muharriri bo‘lgan. Uning “Chorlar quyoshli yo‘llar” , “Qushlar va tushlar” ,“Ohang”, “Yog‘du” , “Marvarid” , “Shiddat” kabi she’riy to‘plamlar, “Buvim ertak aytadi”,“Kunlardan bir kun” , “Ming yildan so‘ng” kabi bolalar uchun she’r, ertak va hikoyalari ,“Tepalikdagi xaroba”, “Ming bir qiyofa”, “Ko‘zgu oldidagi odam” romanlari mavjud. “Afu”, “Ayollar mamlakati va saltanati”, “Aflotun” romanlari chop etilgan. “Nigoh” , “Qushlar va tushlar” , “Shaharlik kelinchak” , “Hayot darvozasi” . “Buxorolik donishmand” , “Bolalikka sayohat” va boshqa asarlari mavjudligi kitobxonlar tomonidan aytib o‘tildi. U
2013 yil 10 may kuni vafot etgan.
July 18, 2025, 5:51 p.m.