Omon Matjon

#Adib tavalludi

📚Omon Matjon 

✍ Allanazarova Sevinch 

Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Omon Matjon 1943- yil 14-fevral kuni Xorazmda tavallud topgan. Adabiyot maydoniga 70-yillar boshida oʻzining oʻktam ovozi bilan kirib kelgan.

Shoirning eng yaxshi she’rlari 20 ga yaqin she’riy to‘plamga jamlangan, shuningdek, “To‘rabekaxonim” nasriy qissasi va “Najmiddin Kubro”, “Ardaxiva” badialari chop etilgan. Omon Matjon ijodida “Cho‘ldagilar” doston xronikasi, “Gaplashadigan vaqtlar” she’riy qissasi alohida o‘rin egallaydi. Shoirning 2000-yili “Avesto”ning 2700 yilligiga bag‘ishlangan “Ardaxiva” asari chop etilgan.

Adib adabiyotga qoʻshgan hissalari uchun Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan.


Feb. 13, 2025, 8:37 p.m.