Mutolaa madaniyatini rivojlantirish,kitobxonlikni targ‘ib qilish asosida amalga oshiriladi

Mutolaa madaniyatini rivojlantirish,kitobxonlikni targ‘ib qilish asosida amalga oshiriladi

Samarqand davlat universiteti Urgut filiali talabalari uchun Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni kitob o‘qishga chorlash, ularda mutolaa madaniyatini rivojlantirish va bilim doirasini kengaytirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida kutubxona xodimlari yangi adabiyotlar, ilmiy-ommabop kitoblar hamda badiiy asarlar bilan tanishtirdilar.

Shuningdek, kitobxonlik bo‘yicha ma’lumotlar, o‘qish odatini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Targ‘ibot yakunida talabalar kutubxona fondidagi kitoblarni o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur tadbir SamDU Urgut filiali talabalari orasida kitob mutolaasini keng yoyish, intellektual salohiyatni oshirish va yoshlarni ma’naviy yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.


Oct. 7, 2025, 11:51 a.m.