Muso Toshmuhammad Oybekning hayoti va ijodiga bag'ishlangan davra suhbati tashkil qilindi.
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida XX- asr o'zbek adabiyotining yirik namoyondasi yozuvchi, dramaturg, tarjimon Muso Toshmuhammad Oybekning hayoti va ijodiga bag'ishlangan davra suhbati tashkil qilindi.Kitobxonlar tomonidan XX asr o‘zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qushgan ulug‘ adib, shoir, olim, jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905-yil 10-yanvarda Toshkent shahrida bo‘zchi oilasida dunyoga kelganligi hamda yozuvchi asarlari o‘zbek adabiyotining jahonlararo shuhratini yanada oshirganligi aytib o‘tildi. Ustoz mahorati yosh yozuvchilar uchun ijod dorilfununiga aylandi. Oybekning o‘lmas asarlari ma’naviy xazinamizdan mustahkam o‘rin oldi va umumxalq mulki bo‘lib qoldi deya ta‘kidlab o‘tildi.
Jan. 10, 2026, 1:31 p.m.