Motrudiy tavalludining 1155 yilligi
#Motrudiy_tavalludining_
1155_yilligi
Imom Motrudiy tavalludining 1155 yilligi munosabati bilan Urgut tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari hamda tumandagi 125-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi kitobxonlari bilan hamkorlikda kutubxona foydalanuvchilari uchun Imom Motrudiy hayoti, ilmiy faoliyati va uning asarlari haqida tadbir bo‘lib o'tdi. Tadbirda Moturidiy (Abu Mansur al-Moturidiy; Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy) (853-yil Samarqand – 944-yil Samarqand) – imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. „Imom al-hida“, „Imom al-mutakallimin“ („Hidoyat yoʻli imomi“, „Mutakallimlar imomi“) nomlari bilan ulugʻlangan. Moturid qishlogʻida (hozirgi Jomboy tumanida) tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bogʻ ham barpo etgani haqida kitobxonlar bayon etdi. Tadbir barchaga katta taassurot qoldirdi.
May 2, 2025, 8:55 p.m.