"Molxona" kitobi taqdimoti

Kitob taqdimoti 

📚Urgut tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari " Kitobsevarlar“ klubi a‘zolari bilan hamkorlikda

📖 "Molxona" kitobi taqdimotini o‘tkazdi. Kitob taqdimoti Qayroqli mahallasidagi 118-maktabning o‘quvchisi kitobxon Adiba Axatqulova tomonidan tashkil etildi.

 Molxona novellasi 1945-yil 17-avgustida Jorg Oruell tomonidan yozilgan asar. Asarda bir guruh fermada yashovchi hayvonlarining oʻz xoʻjayinlariga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarishi va natijada erkin, teng hamda baxtli jamiyat qurishga umid qilish jarayonlari hikoya qilib beriladi. Shuningdek,kitobxon asardagi Napoleon, Snouboll, Qichqiroq kabi qahramonlar hukmron tabaqa illatlarini, Boksyor, Klover, Benjamin, Molli kabi laqabli hayvonlar esa ishchi tabaqa vakillari hayotini aks ettirish uchun xizmat qilgan deya tushuncha berib, kitobxonlarni ushbu kitobni mutolaa qilishga chaqirdi.


Feb. 21, 2025, 7:51 p.m.