Mirtemir tavalludining 115 yilligiga kitob ko'rgazmasi tashkil etildi

Oʻzbekiston xalq shoiri, mohir tarjimon Mirtemir Tursunmuhammad oʻgʻli Tursunov tavalludining 115 yilligi munosabati bilan kitob koʻrgazmasi tashkil etildi

Buyuk shoir, atoqli adib va tarjimon Mirtemir Tursunmuhammad oʻgʻli Tursunov tavalludining 115 yilligi munosabati bilan Urgut tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan adibning hayoti va ijodiga bagʻishlangan kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada Mirtemirning sermazmun ijodi, she’riy to‘plamlari, tarjimalari hamda u haqidagi ilmiy-adabiy manbalar keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilgan. Ko'rgazma orqali milliy adabiyotimizning yorqin namoyandalaridan biri bo‘lgan Mirtemir ijodi bilan yaqindan tanishtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarni targ‘ib qilishga xizmat qiladi degan umiddamiz!


May 22, 2025, 5:30 p.m.