Mehr-muhabbat va sadoqat timsoli
📚MEHR- MUHABBAT VA SADOQAT TIMSOLI
📚Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. O’zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi Davlat mukofatlari sohibasidir.
Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi munosabati Urgut tuman axborot-kutubxona markazida tumandagi 63-umumta’lim maktabi kitobxonlari bilan hamkorlikda “MEHR- MUHABBAT VA SADOQAT TIMSOLI” nomli ma’daniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o'tdi. Tadbir davomida, Zulfyaxonim ijodi yod etilib, she'r, ashula , sahna ko‘rinishlari va raqslar ijro etildi.
March 4, 2025, 5:54 a.m.