Maqsud Shayxzoda tavalludi munosabati bilan
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida mashhur adib, shoir va dramaturg Maqsud Shayxzodaning tavallud kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan katta hissasi haqida so‘z yuritildi.
Ishtirokchilar Maqsud Shayxzodaning eng mashhur asarlari — “Jaloliddin Manguberdi”, “Mirzo Ulug‘bek” kabi dramatik asarlari haqida ma’lumot oldilar. Shuningdek, tadbir davomida yozuvchining she’rlaridan parchalar o‘qildi, ijodiy merosi haqida suhbatlar tashkil etildi.
Tadbirda kutubxona xodimlari, o‘quvchilar hamda adabiyot ixlosmandlari ishtirok etib, Shayxzoda ijodining yosh avlodni vatanparvarlik, ilmga va ezgulikka chorlovchi jihatlarini ta’kidladilar.
Tadbir yakunida Maqsud Shayxzodaning asarlaridan iborat ko‘rgazma namoyish etildi va mehmonlar e’tiboriga havola qilindi.
Nov. 10, 2025, 12:32 p.m.