“Ma’naviyat soati” doirasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasini katta e’tibor va ko‘tarinki ruh bilan tingladilar.

Urgut tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari bugungi “Ma’naviyat soati” doirasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasini katta e’tibor va ko‘tarinki ruh bilan tingladilar. Murojaatnomada mamlakatimiz taraqqiyoti, xalq farovonligi, ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berildi. Bildirilgan g‘oya va tashabbuslar jamoa xodimlarida yangi islohotlarga faol hissa qo‘shish, kitobxonlik va ma’naviyatni yanada yuksaltirish borasida mas’uliyat va ilhom uyg‘otdi.


Dec. 29, 2025, 12:26 p.m.