Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi

📚Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan Urgut tumani axborot - kutubxona markazida ixtisoslashgan maktab oʻquvchilari  ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🔰 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Urgut tumani bo‘linmasi va tuman Axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda tashkil qilingan mazkur tadbir doirasida oʻquvchilarga kutubxona xodimlari tomonidan Mahmudxoʻja Behbudiyning hayot yoʻli va ijodi haqida tushunchalar berildi. 

Shundan soʻng oʻquvchilar oʻrtasida Behbudiyning ijodidan savol-javoblar qilindi.


Jan. 20, 2025, 8:21 p.m.