Lev Tolstoy - Iqrornoma

Kitob taqdimoti 

📚Urgut tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda kitobxonlar ishtirokida Lev Tolstoyning "Iqrornoma " kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot aboniment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish boʻlimi mutaxasisi Mohichehra Safoyeva tomonidan tashkil etildi. Asarning asosiy mazmuni – yozuvchining koʻp yillik ichki kechinmalarini sarhisob qilish, ogʻriqli va ehtirosli izlanishlarda aziyat chekkan hayotning mazmuni haqida yangi tushuncha berish haqida ekanligi ta'kidlab o‘tildi.Mutaxassis ushbu kitobni o‘qishga tavsiya etdi. Kitobxonlarga taqdimot katta taassurot qoldirdi.


March 18, 2025, 9:50 p.m.