“Konstitutsiya – baxtimiz kafolati” nomli ma’naviy-ma’rifiy va badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

“Konstitutsiya — baxtimiz kafolati”
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida tumandagi 54-umumta’lim maktabi faol kitobxonlari bilan hamkorlikda “Konstitutsiya – baxtimiz kafolati” nomli ma’naviy-ma’rifiy va badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini chuqur tushuntirish, unda belgilangan erkinlik va huquqlarning hayotimizdagi o‘rni haqida kengroq tasavvur berishdan iborat bo‘ldi.

Kechada o‘quvchilar Vatanimiz Asosiy qonunining yaratilish tarixi, unda mujassam bo‘lgan demokratik tamoyillar, inson huquq va erkinliklariga berilgan yuksak e’tibor haqida ma’lumotlar oldilar. Shuningdek, kitobxon yoshlar tomonidan Konstitutsiyaga bag‘ishlangan she’rlar, sahna ko‘rinishlari va o‘zlari tayyorlagan ijodiy chiqishlar namoyish etildi.

Tadbir doirasida tashkil etilgan “Konstitutsiya – milliy qadriyatimiz” nomli kitob ko‘rgazmasi ishtirokchilar e’tiborini tortdi.


Dec. 8, 2025, 11:09 p.m.