"Kitobxonlik haftaligi" doirasida "Men sevgan adib" tadbiri

"Kitobxonlik haftaligi " doirasida “Men sevgan adib”tadbiri

Mazkur tadbirda shoir, adib,Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Abdusaid Koʻchimov , xalqimizning sevimli yozuvchi va shoira Zulfiya Moʻminova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist ,yozuvchilar uyushmasi a‘zosi Salim Ashurov,shoir, jurnalist va tarjimon , yozuvchilar uyushmasi a‘zosi Aziz Saidov va shoir va nosir Zarafshon gazetasining bosh muxarriri Farmon Toshev hamda tuman hokimi B. Sh. Jabborov , tuman prokurori A.Valiyev ,tuman hokimi o‘rinbosarlari, keksayu- yosh kitobxonlar ishtirok etdi. 

  Tadbirda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablari o‘quvchilari faol ishtirok etib o‘zlarining bilim va iqtidorlarini namoyish qilib yig‘ilganlarni xushnud etdi.  

Bunday uchrashuv, Vatanni sevish, milliy o'zlikni anglashni o'rgatadi deya e'tirof etdi so‘zga chiqqanlar. Tadbir yakunida tuman hokimi Botir Shukurovich Jabborov ijodkorlarni tashakkurnoma bilan taqdirladi.


April 27, 2025, 10:20 p.m.