"Kitobxon onalar kuni" doirasida Samarqand shahar kuni oʻtkazildi

“Kitobxon onalar kuni” "Samarqand - Sharqning bebaho marvaridi"

2025-yil 17-oktyabr kuni tuman axborot-kutubxona markazida ixtisoslashtirilgan maktab kitobxonlari bilan hamkorlikda “Kitobxon onalar kuni” doirasida 

Samarqand shahar kuni o‘tkazildi. 18-oktabr - Samarqand shahar kuniga bag'ishlab "Samarqand - Sharqning bebaho marvaridi" nomli badiiy-musiqiy kecha tashkil etildi. 

 Tadbir davomida o‘quvchilar va kutubxona xodimlari tomonidan Samarqandning boy tarixi, madaniy merosi, me’moriy go‘zalligi va zamonaviy taraqqiyoti haqida ma’lumotlar berildi.

Mazkur kecha, ishtirokchilarda o‘z ona yurti — qadimiy va betakror Samarqandga nisbatan faxr va mehr tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadini ilgari surdi.Badiiy-musiqiy kechada o'quvchi yoshlar o'zlarining Samarqand haqidagi ta‘riflari,she'rlari, qo'shiqlari bilan ishtirok etdi. Tadbir davomida Samarqand tarixi aks ettirilgan videorolik namoyish etildi.


Oct. 21, 2025, 10:18 a.m.