"Kitobxon onalar kuni" bo'lib o'tdi - 19-may

"ILMLI ONA FARZANDI, KELAJAKNI YARATADI

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida 2025 -yilning 19.05 kuni  "ILMLI ONA FARZANDI ,KELAJAKNI YARATADI" deb nomlangan shior asosida "Kitobxon onalar" kuni bo'lib o'tdi

📖 Ushbu tadbir "Xalqaro onalar kuni" munosabati bilan tashkil etildi.  Tadbirda ayol-qizlarimizni, bo'lajak onalarimizni mutolaaga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish. Kelajak avlodni bilimli, ilmli bo'lishiga hissa qo'shish.

📚  Tadbirda ✍Luqmon Boʻrixonning 📖"Imom Moturidiy" kitobi bo'yicha savol-javoblar bo'lib o'tdi.

📖 Unda tumanimizdagi barcha xotin-qizlar, kitobxon onalar ishtirok etdi.

Tadbirda ishtirok etgan xotin-qizlar o'rtasidan 

1-o‘rinni Nigina Sobirjonova 

2-o‘rinni Gulseva Abdukarimova

3-o‘rinni Mehribon To‘ychiyeva egalladi. 

Tadbir yakunida g‘oliblar axborot-kutubxona markazi tomonidan taqdirlandi.


May 20, 2025, 4:59 p.m.