"Kitobxonlik haftaligi" tantanali tarzda boshlandi!
Urgut tumanida“Kitobxonlik haftaligi” tantanali tarzda boshlandi.
📚Tuman Axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi davomida:
🎉O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a‘zolari, tumanimizdan yetishib chiqqan ijodkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda so‘z olganlar kitob mutolaasining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, bilim olish va tafakkurni shakllantirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
✅ Hafta davomida siz aziz kitobxonlarni kutib qolamiz.
📚Kitobsevar millat sifatida befarq bo‘lmaysiz degan umiddamiz
April 22, 2025, 12:32 p.m.