"Kitobxonlik haftaligi" doirasida Amir Temurning "Temur tuzuklari" kitob targ'iboti

#Kitobxonlik haftaligi -2025

✅ Bugun “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Amur Temurning “Temur tuzuklari ” kitobi targ‘iboti bo‘lib o‘tdi

📌 Targ‘ibotda tuman Ichki ishlar xodimlari, Jasorat qalqon maktabi kitobxon o‘quvchilari ishtirok etdilar

Targibot abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxassisi Mohichehra Safoyeva tomonidan tashkil etildi .

Temur tuzuklari – Amir Temurning harbiy va siyosiy faoliyatidan maʼlumot beruvchi tarixiy asar. „Tuzuki Temuriy“, „Tuzukoti Temur“, „Malfuzoti Temuriy“ va „Voqioti Temuriy“ nomlari bilan ham atalgan. Amir Temurning „Tuzuklar“ muallifi ekanligini eʼtirof etadigan olimlar koʻpchilikni tashkil etadi. Bular orasida „Temur tuzuklari“ning inglizcha tarjimonlari va noshirlari Devi va Uaytlar, mashxur turk qomusiy olimi Shamsuddin Somiy, qoʻlyozmalarning yirik tadqiqotchisi Nikolay Mikluxo-Maklaylar ham borligi aytildi.

📌 Tadbirda so‘zga chiqqanlar kitobning mazmun mohiyati, undan o‘rin olgan mavzular barchaga birday ma'qul kelishi haqida fikr bildirildi.


April 22, 2025, 12:40 p.m.