“Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida "Аdabiy uchrashuv " nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi
"Kitob va mutolaa haftaligi”
Urgut tuman axborot-
kutubxona markazida 2025-yil 2-12-sentabr kunlari bo‘lib o'tadigan “Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida "Аdabiy uchrashuv " nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda 154-maktab kutubxonachisi Rohila Fayziyeva, yozuvchi Ismoilxon Jabborov,shoiralar Sayyora Saidmurodova va Zulayxo Qurbonovalar yig‘ilganlarga o‘z ijod namunalaridan aytib berishdi va kitobxonlarni ko‘proq kitob mutolaa qilishga chaqirishdi. Tadbirda faol ishtirok etgan kitobxonlarni ragʻbatlantirish maqsadida maqtov yorliqlari hamda oʻzlarining tashriflari bilan mamnun qilgan ijodkorlar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
Sept. 4, 2025, 12:45 p.m.