Kitob targ'iboti - O'tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"
Kitob targ‘iboti
📚Urgut tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari " Kitobsevarlar“ klubi a‘zolari bilan kitob targ‘iboti o‘tkazdi. Kitob targ‘boti bibliografiya bo‘limi mutaxassisi Sarvinoz Omanova tomonidan tashkil etildi.
„Ikki eshik orasi“ – oʻzbek yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub roman. Roman ilk marotaba 1985-yilda chop etilgan.Asarda insonlar taqdiri va inson umrining murakkabligini mahorat bilan tasvirlangan. Adib, birinchi navbatda, tinchlikka rahna solgan urushni tilga oladi. Ayniqsa, urush voqeligining har bir ota-ona qalbini jarohatlagani, koʻngillariga ozor yetkazgani romanning umuminsoniy pafosini tashkil etadi. Adib qalamga olgan obrazlari oddiy odamlarning fazilatlari – mardligi, matonati, vatanparvarligi va sabr-bardoshi haqida soʻzlaydi. Tajribali yozuvchi roman hodisalarini teran oʻrgangani uchun har bir epizod oʻquvchini qalbiga jiddiy taʼsir qiladi.
Kitob taqdimoti yakunida barcha kitobxonlarga ushbu kitobni o‘qish tavsiya etildi.
June 10, 2025, 10:42 p.m.