Kitob ko‘rgazmasi - Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludi munosabati bilan
Kitob ko‘rgazmasi
Urgut tuman axborot-kutubxona markazi
Bibliografiya xizmati mutaxassislari tomonidan bugun buyuk ma’rifatparvar, jadidchilik harakatining yetakchi namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludi munosabati bilan mazmunli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada Mahmudxo‘ja Behbudiyning:
hayoti va faoliyati,
ma’rifatparvarlik g‘oyalari,
milliy uyg‘onish yo‘lidagi xizmatlari haqida hikoya qiluvchi kitoblar, ilmiy manbalar va adabiyotlar namoyish etildi.
Tadbir yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, tarixiy xotira va ma’naviy merosga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Ajdodlar xotirasi — muqaddas, ularning merosi — abadiy!
Jan. 20, 2026, 1 p.m.